$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Qatar bilan o‘yin qimmatga tushdi: KXDRga qarshi o‘yinda yetakchilar maydonga tusha olmaydi

Shomurodov

16 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazgan edi. Mazkur o‘yin davomida ikki yetakchi futbolchimiz Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov jarohat oldi. Yakunda esa ularning ikkisi ham Laosga bormasligi oydinlashdi. 


Mutaxassis bayonoti

O‘FA tibbiy qo‘mitasi bosh mutaxassisi Abror Pirriyev o‘zining Telegram kanalida masalaga quyidagicha tibbiy yondashuv berdi: Muhim o‘yinlarda yetakchi futbolchilarning jarohat olishi doimo og‘riqli. Ammo bu ham futbolning bir qismi. “Son ichki mushagining qisman uzilishi” tashxisi ila Eldor Shomurodov hamda “tizza bo‘g‘imi ichki boylamining cho‘zilishi” tashxisi qo‘yilgan Otabek Shukurovning keyingi o‘yinga olib borilmasligi borasida to‘g‘ri qaror qilindi. Oston O‘runovning reabilitatsiya jarayonini o‘z nazoratiga olgan assotsiatsiya va tibbiy shtab mazkur futbolchilarni ham tezroq sog‘aytirish, shuningdek, shamollashdan keyingi Masharipov va son mushaklarida toliqish sezgan Turg‘unboyevni keyingi o‘yingacha safga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan.


Eldor Shomurodov 3 haftaga safdan chiqdi

15 noyabr kuni Dohadan Rimga qaytgan futbolchi klub tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgach, Shomurodov oyog‘ining chanoq qismidan jarohat olgani oydinlashdi. RomaPress xabariga ko‘ra, Eldor 3 haftaga safdan chiqqan. Shu tariqa, o‘zbekistonlik hujumchi Klaudio Raniyeri murabbiyligidagi "Roma"ning keyingi 20 ichida o‘tadigan "Napoli", "Atalanta" va "Tottenhem"ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. U 7 dekabr kuni A Seriya doirasida o‘tadigan "Lechche"ga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.

KXDR — O‘zbekiston

Terma jamoa FIFA kunlarida o‘zining navbatdagi o‘yinini 19-noyabrda, Laosda KXXRga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan. KXDRga qarshi safar uchrashuvda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Laos” stadionida start oladi.

Теги :
Jamiyat