$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Men Rossiyani jarlik yoqasidan ortga qaytardim — Putin

Putin

Bugun, 19-dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin katta matbuot anjumani bilan birgalikda o‘zining jonli muloqotini o‘tkazdi. Xo‘sh, Putin nimalar dedi?

Tadbir haqida

Rossiya Prezidenti o‘tgan yili ham mana shunday tadbirda ishtirok etgan. O‘tgan yili prezident to‘rt soat davomida savollarga javob bergan. Bu uning Ukrainada to‘laqonli urushni boshlaganidan beri ilk jonli muloqoti bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklar Putinga 2 millionga yaqin savollar yo‘llashgan. Bugungi anjumanda asosan iqtisodga oid, xususan narxlar o‘sishi va turar joylarga bog‘liq savollar chiqarilgan.

Putin Rossiyani asrab qola oldimi?

Anjuman davomida jurnalist Putindan 25 yillik hukmronligi davomida Rossiyani asrab qola olgan-olmaganligini so‘ragan. Bungan javoban u "menimcha, men nafaqat asradim, balki jarlik yoqasidan ortga qaytardim. Bari bizning suverenitetimiz butkul yo‘qolishiga yetaklayotgandi, busiz Rossiya mustaqil davlat bo‘lib qola olmasdi", deb javob bergan. 

Suriya masalasi

Putin hali Bashar al-Assad bilan ko‘rishmaganini aytgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Assad hozirda Moskvada. Putin Assadni ag‘dargan isyonchilarni "qurolli muxolifat" deb atagan. Putinga ko‘ra, Assadning tarafdorlari, asosan "Eronparast bo‘linmalar" Halabdan jangsiz chekinganlar. "Butun Suriya hududi bo‘ylab shunday bo‘ldi", - dedi u. Putinning aytishicha, Eron 4 ming odamni olib chiqqan, ularning bir qismi Livan, yana bir qismi Iroqqa olib chiqilgan.

Markaziy Osiyoda rus maktablarini ochish

Putin migratsiya masalasiga to‘xtalib, bir tomondan, malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni minimallashtirish, ikkinchi tomondan, Rossiyaga ishlash uchun keladigan odamlarni o‘qitish zarurligini aytdi. Putinga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus maktablari va rus tilini o‘rgatadigan dargohlar tarmoqlarini ochish, bo‘lajak muhojirlarni Rossiya madaniyati, qadriyatlari va qonunlari bilan yaqindan tanishtirish zarur. shu bilan birga, allaqachon mamlakatda bo‘lgan chet elliklar uchun talablarni kuchaytirish kerak. Bu yo‘nalishdagi siyosatga misol sifatida Putin maktablarga rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qilmaslikka ruxsat beruvchi qonunni keltirdi.

Теги :
Jamiyat