$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJ jarimaga tortildi

Vokzal

Raqobat qo‘mitasi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJning faoliyati “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga asosan oʻrganib chiqildi.

792 186 nafar isteʼmolchilardan ortiqcha undirilgan haq

Oʻrganishlarda “O‘ztemiryo‘lYo‘lovch” AJ Fargʻona filiali (boʻlinmasi) tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2023-yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 660 mln. soʻmga yaqin, “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ Fargʻona filiali tomonidan temir yoʻl vokzali (stansiyalari) boʻylab 2024-yilning 1-yanvaridan 24-iyul kunigacha 185 806 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha 560 mln. soʻmga yaqin, umumiy hisobda jami 792 186 nafar isteʼmolchilardan 1.3 mlrd. soʻmga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.

Undirilgan to‘lovlar iste’molchilarga qaytariladi

Yuqoridagilarga asosan, oʻrganish natijasida Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MChJ ga shaharlararo va shahar atrofida yoʻlovchi tashish boʻyicha Fargʻona filiali tomonidan ortiqcha undirilgan toʻlovlarni isteʼmolchilarga qaytarishi yuzasidan koʻrsatma berilib, moliyaviy jarima qoʻllanildi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

“Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega”, – deyiladi qo‘mita xabarida.

Теги :
Jamiyat