$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston byudjetga bir yilda jarimalardan qancha mablagʻ tushadi?

jarima

25-fevral kuni AOKAda yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi bo‘yicha Ma’muriy va Jinoiy javobgarlik kodekslariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Sherzod Ibragimov sohadagi ayrim statistik ma’lumotlarni ochiqladi.

20 millionga yaqin qoidabuzarliklar sodir qilingan

“2024-yilda O‘zbekistonda avtomobillar soni 600 mingga, aholi soni esa 1 millionga oshdi. Shunga qaramay YTHlar soni kamaymoqda. Har 100 ming aholiga YTHlar soni kamligi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda Ozarboyjondan so‘ng 2-o‘rinda qayd etildi.

2024-yil davomida haydovchilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin qoidabuzarliklar sodir qilingan. Bunda yilda davomida 10 va undan ko‘proq qoidabuzarlik qilgan haydovchilar soni 38 mingdan oshadi. Aynan ular 2024-yildagi YTHlarning 46 foizini sodir qilgan.

O‘zbekistonda 5 milliondan ortiq transport vositasi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan 1 million 250 mingtasi umuman qoida buzmagan”, — deydi YHXX rahbari 

Jarimalardan qancha pul tushdi?

Shuningdek, YHXX mas’uli Aziz Rahmatullayevga ko‘ra, 2024 yilda jarimalardan tushgan pullar 1 trillion so‘mdan oshadi, bu qariyb 78 million dollar degani.

Jarimalardan tushgan pullarning qancha qismi yo‘llarni ta’mirlashga sarflanishi, shuningdek, jarima pullarining taqsimlanishi haqida so‘raldi.

“Jarima ballari sistemasining qaysi moddalar uchun amal qilishi aytib o‘tildi, ularning aksariyat yo‘l bilan emas, balki haydovchining qonun-qoidalarga amal qilishi bilan bog‘liq. Bu savol hozir bizning mavzuga qanchalik bog‘liqligini bilmayman”— dedi YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov.

YHXX xodimi Azizxon Murodovga ko‘ra, jarimalardan tushayotgan pullar byudjetga tushadi hamda qayerga, qancha miqdorda ajratilishi Moliya vazirligi tomonidan taqsimlab beriladi.