$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

750 rubldan 45 ming rublgacha: Rossiyada jarimalar oshirilmoqda

jarima

Rossiya hukumati Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Yangi qoidalar ayrim yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarimalarni oshirish va to‘lov tizimlarini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi

Qanday qoidabuzarliklar uchun jarimalar oshadi?

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining (КоАП) ayrim moddalari bo‘yicha jarimalar miqdori quyidagicha o‘zgarishi mumkin: 

1. Xavfsizlik kamarini taqmaslik:

  - Jarima 1000 rubldan 1500 rublga oshiriladi. 

2. Mast holatda transport boshqarish:

  - Jarima 30 000 rubldan 45 000 rublgacha oshadi. 

  - Tibbiy ko‘rikdan bosh tortganlik uchun ham xuddi shunday jarima joriy etiladi. 

3. Tezlikni oshirish:

  - Hozirgi 500–5000 rubl jarima miqdori 750–7500 rublgacha oshadi. 

4. Yo‘l belgilari va chiziqlariga rioya qilmaslik:

  - Jarimalar 500–5000 rubl o‘rniga 750–7500 rubl bo‘ladi. 

5. Yuk tashish qoidalarini buzish:

  - 12.21.1 va 12.21.5-moddalar bo‘yicha katta hajmli yuk tashish va buksir qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi. 

6. Tan jarohatiga olib kelgan qoidabuzarliklar:

  - Yengil tan jarohati yetkazganlik uchun jarimalar 2500–5000 rubldan 3700–7500 rublgacha oshiriladi. 

  - O‘rta darajadagi jarohatlar uchun esa 10 000–20 000 rubl o‘rniga 15 000–30 000 rublgacha oshadi. 

"Chegirma" tizimiga ham o‘zgartishlar kiritiladi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, haydovchilar jarimani 20 kun ichida to‘lasa, uning 50%ini chegirma bilan to‘lash imkoniyatiga ega. Yangi qoidalar qabul qilinsa, chegirma miqdori 75%gacha kamayadi, ammo to‘lov muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

Rossiya hukumati chegirma va elektron to‘lov tizimining yetarli darajada rivojlanganini qayd etib, bu imkoniyatlarni qisqartirish maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. 

Jarimalarni oshirishdan maqsad

Rossiya hukumati jarimalarni oshirish orqali yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishni va qoidabuzarliklar sonini kamaytirishni ko‘zlamoqda. Bu o‘zgarishlar haydovchilarni mas’uliyatliroq bo‘lishga undash va qonun-qoidalarga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan.