Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz xalqidan uzr so‘radi
Prezident jiyanining dabdabali unashtiruv marosimiga munosabat bildirdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyanining dabdabali unashtiruv marosimiga munosabat bildirdi.
Tarmoqdagi shov-shuv
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurgojoyevaning vertolyotda turmushga chiqishga taklif qilingan videosi tarqaldi. Ushbu marosim sababidan prezident o‘z xalqdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Kabar" axborot agentligi ma’lumot berdi.
Xalqdan uzr so‘rayman
"Rahbarlarning yaqinlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men bir necha marotaba bebiliska sarf xarajatlarni qoralaganman. Hech bo‘lmaganda bo‘lajak kuyov bu tashabbusimni qo‘llashi va jamoatchilik tanqidiga duchor bo‘lishini o‘ylashi kerak edi. Men boshqalarni tanqid qilardim, endi o‘zim ham bunga bo‘ysunaman. Jiyanim uchun xalqdan uzr so‘rayman, u hali yosh, jamiyatdan ham tanqidlarni ko‘radi. Umid qilamanki, u to‘g‘ri xulosa chiqaradi", — dedi Sadir Japarov.



