$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Oltiariqda IIB xodimi janjal paytida pichoqlandi(mi?)

janjal

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Oltiariqda IIB xodimi janjal paytida pichoqlandimi?” sarlavhali xabarlar tarqaldi. Unda keltirilgan holatlar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

“Qapchug‘ay”dagi pichoqbozlik

Ma'lum boʻlishicha joriy yilning 2-avgust kuni Oltiariq tumani “Qapchugʻay” MFYda fuqaro M.X. bir guruh tanishlari bilan birga oʻzaro kelishmovchilik sababli fuqarolar A.Yu. hamda X.R.larga oshxona pichogʻi bilan tan jarohati yetkazgan.

IIB xodimini pichoqlamoqchi bo‘ldi

Bundan tashqari, fuqaro M.X. voqea joyiga yetib borgan profilaktika inpektorlarlariga faol qarshilik koʻrsatib, oʻzida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan ularga jarohat yetkazishga harakat qilgan paytda xodimlar tomonidan sovuq qurol tortib olinib, zararsizlantirilgan. Ushbu vaziyatda xodimlarga hech qanday tan jarohati yetkazilmagan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-modda 3-qism “a, g” bandi bilan jinoyat tishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarni ushlash choralari koʻrilgan. 

Теги :
Jamiyat