$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqanddagi janjal yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

janjal

Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv doirasida voyaga yetmagan K.U. (2008-yilda tug‘ilgan qiz bola) ga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Joriy yilning 17-dekabr kuni berilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.U. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan A.R. (2005-yilda tug‘ilgan ayol) ga nisbatan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. 

Jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazilgan

Shuning bilan birga, A.R. tomonidan 2023-yil oktyabr oyida ham o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan voyaga yetmagan qizni tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu jismoniy zo‘ravonlik ham o‘rganilib, ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

Теги :
Jamiyat