$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahon banki O‘zbekistonga 50 mln dollar miqdorida kredit beradi

Jahon Banki

Jahon banki O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va yoshlarga raqamli texnologiyalar bilin ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun $50 mln. dollarlik imtiyozli kredit beradi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi 

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining bahorgi sammiti doirasida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonga raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, jumladan, xizmatlar sohasida rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradigan loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

2023-yilgi kredit

Raqamli inklyuziv tashabbus doirasida IT Park 30 yoshgacha bo‘lgan qishloq va chekka hududlar aholisi uchun treninglar tashkil etadi, shuningdek, IT-kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha dasturlarni ishga tushiradi. Ma'lumot uchun, bundan avval 2023 yil boshida Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi "O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik" loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln. dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qullagandi. Loyiha orqali 9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan, 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.