$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida mudofaa bo‘yicha harbiy ittifoq tuzilmoqda

Deklaratsiya

Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston Anqara deklaratsiyasini imzoladi, Unda davlatlar o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdidlarga qarshi birgalikda harakat qilish to‘g‘risida kelishib oldi.

Uch vazirlar o‘rtasidagi uchrashuv

Hujjat uch mamlakat tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlarining ikkinchi uch tomonlama uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.

Deklaratsiyada asosiy mintaqaviy va xalqaro muammolar boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlangan, shuningdek, davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashga kelishib olingan.

Erdog‘anga Mirziyoyev xati yetkazildi

Shuningdek, mazkur yig‘ilish doirasida O‘zbekistonning Tashqi ishlar, Investisiyalar, sanoat va savdo hamda Transport vazirlari Turkiya prezidenti bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Baxtiyor Saidov Mirziyoyevning Turkiya prezidentiga yo‘llagan maktubini topshirdi.

Mamlakatlarning harbiy salohiyati qay darajada?

Ma’lumot uchun, “Global Firepower”ning yangilangan dunyo armiyalari reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, 58-o‘rnini egallagan. Shuningdek, mazkur reytingda Turkiya dunyoning eng kuchli TOP-10 armiyasi qatorida hisoblanadi (9-o‘rin). Ozarbayjon esa reytinda O‘zbekistondan 2 pog‘ona quyidan o‘rin olgan (60-o‘rin).

Теги :
Jamiyat