$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida yuqoriladi

Armiya

“Global Firepower“ reytingidagi so‘nggi yangilanishdan so‘ng O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 7 pog‘ona yuqoriladi. Mamlakat harbiy xarajatlar uchun qancha mablag‘ ajratadi?

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda yetakchi

“Global Firepower“ dunyo armiyalari reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari dunyo armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston bu natija bilan o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan 7 pog‘ona yuqoriladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidan esa Qozog‘iston 57- (o‘tgan yili 58), O‘zbekiston 58-(65), Turkmaniston 77-(83), Qirg‘iziston 105-(100), Tojikiston 108-(107) o‘rinni egallagan.

TOP-10

“Global Firepower“ reytingining yuqori o‘nligidan quyidagi davlatlar o‘rin olgan. Ro‘yxat ketma-ket asosida taqdim etiladi.

  1. AQSh
  2. Rossiya
  3. Xitoy
  4. Hindiston
  5. Janubiy Koreya
  6. Buyuk Britaniya
  7. Fransiya
  8. Yaponiya
  9. Turkiya
  10. Italiya

Markaziy Osiyo davlatlarining harbiy xarajatlari

2024 yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy xarajatlari bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqqan edi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning 1,9 foizini armiya va mamlakat mudofaa qobiliyatini saqlashga sarflaydi. Undan keyingi o‘rinda Turkmaniston - 1,3 % ini, Qirg‘iziston — 1,2 % ini, Tojikiston – 1,1 % ini, Qozog‘iston 0,8 % ini sarflaydi.

Global Firepower Indexning kamchiliklari

Avvalroq Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov O‘zbekiston global harbiy kuch reytinglarida cheklangan rasmiy va noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli e’tibordan chetda qolayotgani haqida yozgan edi. Uning fikricha, O‘zbekistonning harbiy imkoniyatlari va strategik resurslari yetarlicha o‘rganilmagan. GFP kabi reytinglar bir qator muhim omillarni hisobga olmasligi bunga sabab bo‘lmoqda. GFP mamlakatlarni ishchi kuchi, moliyaviy ko‘rsatkichlar, uskunalar, geografiya, resurslar, logistika va mudofaa budjeti kabi omillar asosida baholaydi. reyting O‘zbekistonning harbiy realliklarini to‘liq aks ettirmaydi, chunki ma’lumotlar orasida muvofiqlik yo‘q. Qayd etilishicha, GFP bahosidagi eng katta kamchiliklardan biri O‘zbekistonning zaxira kuchlarini mavjud emas deb hisoblashidir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida zaxirada xizmat qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqli 18-35 yoshdagi barcha erkaklar zaxirada xizmat qilishga majburdir. Ushbu demografik guruh qariyb 10 mln. kishini tashkil etadi. Agar sog‘liq va bandlik cheklovlari hisobga olinsa ham, zaxira kuchlari 5 mln.dan ortiq shaxsni tashkil etadi. Bu ulkan zaxira O‘zbekiston uchun kuchli strategik resurs bo‘lib, uzoq muddatli qarama-qarshiliklarga tayyorgarlikni ta’minlaydi.

Теги :
Jamiyat