Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Rossiyada yuqumli “G‘arbiy Nil” isitmasi tarqalmoqda

Kasallanganlarning aksariyatida u simptomsiz o‘tadi, taxminan 20 foizida isitma, bosh og‘rig‘i, tana va bo‘g‘imlarda og‘riq, qusish, diareya yoki toshma kuzatilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yuqumli “G‘arbiy Nil” isitmasi tarqalmoqda

Rossiyada G‘arbiy Nil isitmasi bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Kasallik chetdan kirib kelgan

“Mutaxassislar Rossiyada, shuningdek, xorijda G‘arbiy Nil isitmasi bo‘yicha doimiy monitoring olib bormoqda. Joriy yilda Rossiyada kasallanishning kamdan-kam holatlari qayd etilgan, ularning aksariyati chetdan keltirilgan”, — deyiladi xabarda.

25 yil ichidagi rekord

Bu yil Isroilda G‘arbiy Nil isitmasi virusi bilan kasallanish 25 yil ichida rekord darajada qayd etildi. Jumladan, 440 kishi kasallandi, ulardan 32 nafari vafot etgan.

Bu oʻzi qanday kasallik?

G‘arbiy Nil isitmasi — issiq iqlimli mamlakatlarda, masalan, Misr, Gretsiya, Isroil, Tailand, Vyetnam, Hindiston va Afrikaning boshqa davlatlari, Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan yuqumli kasallik.

Kasallanganlarning aksariyatida (70-80 foiz atrofida) u simptomsiz o‘tadi, taxminan 20 foizida isitma, bosh og‘rig‘i, tana va bo‘g‘imlarda og‘riq, qusish, diareya yoki toshma kuzatilishi mumkin. Kasallik bemorlarning bir foizdan kamrog‘ida og‘ir kechadi.

Infeksiya manbai nima?

Infeksiya manbai qushlar (qarg‘alar yoki kaptarlar) bo‘lishi mumkin, lekin asosan qon so‘ruvchi hasharotlar, birinchi navbatda chivinlar orqali yuqadi. Ehtiyot chorasi sifatida turli repellentlar — hasharotlarni uzoqlashtiradigan vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.