Isitish mavsumining ilk fojiasi: Toshkentda 6 kishi vafot etdi
25-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida 6 kishi vafot etdi. Yana 2 nafar fuqaro og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bo‘lgan.
Isitish qozoni talabga javob bermagan
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, uyning yerto‘lasiga o‘rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. Gaz tarmog‘iga esa tegishli texnik shartlarsiz, o‘zboshimchalik bilan ulangan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



