Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

O‘zbekiston ishsizlik darajasi bo‘yicha 113-o‘rinni egalladi

Mazkur reyting ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan 187 mamlakat orasida o‘tkazildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ishsizlik darajasi bo‘yicha 113-o‘rinni egalladi

ILOSTAT maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 187 mamlakat ichida 113-oʻrinni egalladi. Reyting tuzilayotgan paytda mamlakatda ishsizlik darajasi 4,5 foizni tashkil etgan.

Eng yomon ko‘rsatkich qayd etilgan mamlakatlar

Eng yomon koʻrsatkichlar Esvatini (34,4 foiz), Janubiy Afrika Respublikasi (33,2 foiz), Jibuti (25,9 foiz), Botsvana (23,1 foiz) va Gabonda (20,1 foiz) kuzatildi. Shu bilan birga, eng past ishsizlik darajasi Qatar (0,1 foiz), Kambodja (0,3 foiz) va Nigerda (0,4 foiz) qayd etilgan.

O‘zbekiston MDHda to‘rtinchi o‘rinni egalladi

MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston ishsizlik darajasi boʻyicha Tojikiston (11,6 foiz), Ozarbayjon (5,6 foiz) va Qozogʻistondan (4,8 foiz) ortda qolgan holda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Turkmaniston (4,3 foiz), Belarus (3,4 foiz), Qirgʻiziston (3,3 foiz), Rossiya (2,5 foiz) va Moldova (1,4 foiz) ham Oʻzbekistonga nisbatan eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega.

Markaziy Osiyoda oʻrtacha ishsizlik darajasi oʻrtacha ishsizlik darajasi

Dunyoda oʻrtacha ishsizlik darajasi 5 foizni, Afrikada 6,5 foizni, Amerikada 5,5 foizni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 4,2 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyoda 5,5 foizni tashkil etadi.

Yaqinda O‘zbekistonda yangi yil arafasida qaysi sohada vaqtinchalik ish topish mumkinli haqida xabar bergan edik.