$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yil ta’tilida qaysi sohada vaqtinchalik ish topish mumkin?

Kuryer

Yangi yil oldidan O‘zbekistonda vaqtinchalik xodimlarga talab oshishi kutilmoqda. HeadHunter (HH) platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda qisman bandlik uchun taxminan mingta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Eng katta talab yetkazib berish sohasida

Eng katta talab logistika va yetkazib berish sohasidagi kuryerlar, haydovchilar, buyurtma yig‘uvchi kabi xodimlarga bo‘lmoqda. Savdo sohasida esa kassirlar va savdo maslahatchilar qidirilmoqda. Restoran va kafelarda esa korporativlar va bayram tadbirlariga bo‘lgan yuqori talab tufayli oshpaz, ofitsiant hamda baristalarga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Savdo sohasida ham xodimlar kerak

Shuningdek, do‘kon va supermarketlar vitrinalarni bezatish va tovarlarni joylashtirish uchun merchandayzerlarni yollashmoqda, onlayn savdo kompaniyalari esa mijozlarning so‘rovlariga tezkor javob berish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini kuchaytirmoqda.

Noan’anaviy ish takliflari orasida animatorlar, sovg‘a qadoqlovchilar, Qorbobo yordamchilari va “maxfiy xaridorlar” kabi vakansiyalar ham uchramoqda.

Ish haqida qanday bo‘ladi?

Ish haqi miqdori soha va ish hajmiga bog‘liq. Minimal maosh 1 mln. so‘mdan boshlansa, eng daromadi ko‘pi 18 mln so‘mgacha yetishi mumkin. Ayniqsa, logistika sohasida, xususan, kuryerlar va haydovchilar orasida intensiv bandlik va tezkor yetkazib berish uchun bonuslar hisobiga daromad yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin.

Теги :
Jamiyat