$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yilning dastlabki oyida 277 ming nafar fuqaro ishli bo‘lgan

ofis

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Majlisda joriy yilda 5 million 200 ming aholini band qilish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Yanvar oyida doimiy ishli bo‘lgan fuqarolar 91 ming nafarni tashkil etgan

Dekabr va yanvar oylarida o‘tgan yig‘ilishlarda katta vazifalar belgilangan edi. Davlatimiz rahbari “2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi” deya ta’kidlagan edi.

Xususan, bu yil 5 million 200 ming aholini band qilib, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oshirish hisob-kitob qilingan.

Dastlabki amalga oshirilgan ishlarga ko‘ra, yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi.

272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan

Ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.

O‘tgan oyda yurtimizga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.