Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Uch nafar o‘zbekistonlik AQShning “qora ro‘yxati”da

Ular bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshirgan har qanday AQSh yoki xorijlik fuqarolar sanksiyaga uchrashi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

Uch nafar o‘zbekistonlik AQShning “qora ro‘yxati”da

AQSh davlat departamenti uch nafar o‘zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar ro‘yxatiga qo‘shdi.

Sabab IShiD harakatiga aloqadorlik

Ular AQSh Turkiya bilan hamkorligida IShIDga aloqador “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi.

Jumladan, Muhammadyusuf Alisher o‘g‘li Mirzoyev — 2023-yilda IShID bilan bog‘liq “harbiy” o‘quv lagerini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.

Muhammad Ibrohimjon Niyozov — IShID a’zolariga ma’muriy va logistik yordam ko‘rsatgan.

Olimxon Mahmudjon o‘g‘li Ismoilov — IShID bilan bog‘liq kontrabanda tarmog‘i a’zosi.

Ularga qanday sanksiyalar mavjud?

Mazkur shaxslarning AQShdagi yoki AQSh fuqarolari nazoratidagi barcha mulklari va mol-mulk manfaatlari bloklanadi. Ular bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshirgan har qanday AQSh yoki xorijlik fuqarolar sanksiyaga uchrashi mumkin.

Shuningdek, AQSh departamenti IShID yetakchisi Adam Xamirzaevni maxsus belgilangan global terrorchi deb e'lon qildi.