Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +22° kechasi +9°

Hindistondagi davlat shifoxonalarida ommaviy ish tashlash bo‘lmoqda

Hindistondagi barcha davlat shifoxonalari 2024-yil 17-avgustidan, shoshilinch yordam ko‘rsatiladiganlardan tashqari, bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Sabab nima?

1 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi davlat shifoxonalarida ommaviy ish tashlash bo‘lmoqda

Hindistondagi barcha davlat shifoxonalari 2024-yil 17-avgustidan, shoshilinch yordam ko‘rsatiladiganlardan tashqari, bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi.

Ish tashlashga nima sabab bo‘lmoqda?

CBS News yozishicha, sharqiy Kalkuttadagi RG Kar tibbiyot kolleji va shifoxonasida ishlovchi 31 yoshli stajyor ayolning nomusi toptalib, shafqatsizlarcha o‘ldirilganidan so‘ng, hamkasblari xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilib, tegishli huquqiy me’yorlar zudlik bilan qabul qilinishini talab etishmoqda.

Hukumat va’dasi ishonchli chiqmadi

Hukumat bu talablarni bajarish uchun komissiya tuzilishiga va’da berib, ularni ishga qaytishga chaqirdi, biroq va’daga ishonmagan shifokorlar ish tashlashda davom etishmoqda.

Kalkuttada boshlangan ish tashlash tezda boshqa shaharlar va shtatlar, poytaxt Dehligacha tarqalib, umumilliy aksiyaga aylandi.

Ish tashlash adovatlarni ham yo‘q qilmoqda

Hatto, G‘arbiy Bengaliya shtatining azaliy raqib sanalgan ikki futbol klubi ham o‘zaro adovatni yig‘ishtirib, shifokorlarning talabini bajarishni so‘rab, namoyishchilarga qo‘shilishdi.