Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

60 nafar tibbiyot xodimining 70 millionga yaqin miqdoridagi ish haqi undirib berildi

Namangan viloyatida 65 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan hamshiralarga yozgi ta’tilni ro‘kach qilib, ikki oylik ish haqlari to‘lab berilmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

hamshira, doktor, shifokor

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 60 nafar tibbiyot xodimining jami 69,3 million so‘mlik to‘lanmay qolgan ish haqlari undirib berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ish haqi nega to‘lab berilmagan?

Tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida, tumandagi 65 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan hamshiralarga yozgi ta’tilni ro‘kach qilib, ikki oylik ish haqlari to‘lanmagani aniqlandi.

Aslida, Mehnat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan xodimning aybisiz ish bekor turib qolgan taqdirda, ularning o‘rtacha ish haqi yoki kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanishi kerak. Xodimning aybi bilan ish to‘xtatilgan holatdagina ish haqi to‘lanmasligi nazarda tutilgan.

Adliya aralashuvi

Aniqlangan qonunbuzarlik yuzasidan tuman adliya bo‘limiga xabarnoma berildi. Shundan so‘ng, tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilib, hamshiralar uchun to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish ishlari amalga oshirildi. Natijada, 60 nafar tibbiyot xodimining 69,316,833 so‘m miqdoridagi ish haqlari to‘liq undirib berildi.