O‘zbekistonliklar Latviyaga maoshi 1000 yevrolik ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi sifatida ishga taklif etilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.
Talablar va maosh
Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo‘ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
25 - 40 yosh;
rus yoki ingliz tilini bilish;
soha bo‘yicha kamida 2-yillik tajriba;
og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalardan foydalanish;
yuk avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
og‘ir yuk tashuvchi avtomobil diagnostika uskunalaridan foydalanishni bilishi kerak.
Fuqaro nimalarga pul sarflaydi?
Ish beruvchi tomonidan sug‘urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:
agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish;
viza uchun to‘lov;
aviachipta;
ovqatlanish;
yashash joyi ijarasi.
Ro‘yxatga olish vaqti
Ro‘yxatdan o‘tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.



