$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

63 ming 678 nafar fuqaro chet davlatlarida ishga joylashdi

positive

63 ming 678 nafar fuqaro chet davlatlarida ishga joylashdi

Bir qator iqtisodi rivojlangan davlatlar ish beruvchilari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha 48 ta shartnoma imzolanishiga erishildi.

Tashqi mehnat migratsiyaga doir qarorlar

Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini muvofiqlashtirish va tartibga solish yuzasidan 2 ta qo‘shimcha normativ hujjatlar:

 1."Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 59-sonli Farmoni;

2."Yoshlarni mutaxassislikka va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarori qabul qilindi.

Ishchilar va jo‘natilgan davlatlar

 Joriy yilning o‘tgan davrida Germaniya, Turkiya va Bolgariya, Belorus, Rossiya, Latviya, Serbiya, Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Litva, Xorvatiya, Vengriya va Buyuk Britaniya kabi dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlari ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha 48 ta shartnoma imzolanishiga erishildi.

Shunday qilib, jami kelishuvlar soni 309 taga yetdi.

Bunda, mahalla hamkorligida 63 ming 678 nafar fuqaroning xorijiy davlatlarga tashkiliy va manzilli tartibda ishga joylashishiga koʻmaklashildi.

Xorijga ketishdan oldin nimalarga e’tibor qaratiladi?

 Xorijga ishga ketishdan oldin fuqarolarni chet tili va kasblarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Bu borada:

 Shveysariyaning "GLOBOGATE", Germaniyaning "Nova Agency", "Technoconsult" "CBZ Munchen" markazlari bilan hamkorlikda nemis tiliga o‘qitish kurslari, Yaponiyaning "Nippon Educational Academy" kompaniyasi, "AOIKAI Yaponiya", "Yume" markazlari bilan hamkorlikda yapon tili, madaniyati va mehmonxona xizmatiga o‘qitish kurslari, Janubiy Koreyaning "Qirol Sejong" markazi bilan hamkorlikda koreys tili va madaniyatiga o‘qitish kurslari tashkil etilgan.

Ushbu kurslarga jalb qilingan fuqarolar soni 5 191 ni tashkil etmoqda. 

Umuman olganda, yil boshidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan 31 876 nafar fuqaro turli kasblarga va chet tillariga o‘qishga jalb qilindi. 

Bo‘sh ish o‘rinlari hamon bormi?

Bugungi kunda Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Litva, Buyuk Britaniya, Kanada, Polsha, Latviya, Yaponiya, Finlyandiya, Ruminiya kabi davlatlarda tibbiyot, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, yuk avtomobil haydovchisi, payvandlash, elektrik, IT kabi sohalar bo‘yicha 154 mingta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.

Murojaat usuli esa xorijiy tillarni biladigan hamda malakaga ega nomzodlar o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki mahalladagi xokim yordamchilari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Теги :
Jamiyat