$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaponiya O‘zbekistonlik quruvchilarga ish taklif qilmoqda

yaponiya

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yaponiyaning Shimizu Corporation qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda.

Oylik maosh va sharoitlar

Nomzodlar uchun 220 dan 235 ming yapon iyenasigacha maosh taklif etiladi, ammo bu summadan soliqqa 4550 iyen, ijtimoiy va mehnat sug‘urtasi uchun 32 716 iyen olinadi. Shunda “sof” ish haqi taxminan 14,7−15,9 million so‘mni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi.

Ish beruvchi O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta va yashash joyiga kuzatib borish xarajatlarini qoplaydi.

Talablar

Ariza beruvchilar uchun asosiy talablar:

  • yapon tilidan JLPT N4 yoki JFT Basic A2 daraja sertifikati;
  • qurilish maxsus malaka imtihoni sertifikati (Tokuteigino 1-go);
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlaganligi;
  • kamida uch yil mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyorligi.

Agar sertifikatlar bo‘lmasa, TOKAI STUDY o‘quv markaziga murojaat qilish mumkin.

Tanlov

Ishga joylashtirish dasturi oldingi ish tajribasini talab qilmaydi. Nomzodlarni tanlash og‘zaki suhbat asosida amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 19-iyul kuni soat 18:30 dan 22-iyul kuni soat 12:00 gacha ushbu havola orqali bo‘lib o‘tadi.

Теги :
Jamiyat