O‘zbekistonlik quruvchilar Ispaniyaga ishga jalb qilinishi mumkin
Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara oʻtkazdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti mamlakatda 200 mingta davlat koʻchmas mulk obyektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish koʻzda tutilganini ma'lum qildi.
Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti bilan muzokara
Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara oʻtkazdi.
Muzokara davomida Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va ushbu mamlakat qurilish sektoriga fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xavfsiz va tartibli mehnat faoliyati
Pedro Fernandes Alenning aytishicha, Oʻzbekiston fuqarolari uchun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi.
700 ming ta ish o‘rni
Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Ispaniyada qurilish sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat koʻchmas mulk obyektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish koʻzda tutilganini ma'lum qildi.
Muzokaralar yakunida ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.



