$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga yuborilmoqda

germaniya

Germaniya mehnat bozori uchun og‘ir yuk mashinalari haydovchilari O‘zbekistonda tayyorlanadi! Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda “Vatanparvar” tashkilotlari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oylik maosh oyiga 2400 - 2600 €ni tashkil etmoqda

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat migratsiya sohasida ilk bor amaliyotga tatbiq etilayotgan bu kelishuv natijasida 700 nafar hamyurtimiz yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitilib, “Vatanparvar” tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va Germaniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga yuboriladi. Oylik maoshlari oyiga 2400 - 2600 € tashkil qiladi.

Bugungi kunda bir guruh tinglovchi onlayn darslarda ishtirok etmoqda, yaqin kunlarda yangi guruhlar ochiladi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanadi.