Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

O‘zbekistonliklarning 40 foizidan ko‘pi keying yilda ish joyini o‘zgartirmoqchi

Ish joyini oʻzgartirishga undovchi eng koʻp uchraydigan sabab - ish haqining pastligi. Respondentlarning toʻrtdan uch qismi ish haqidan qoniqmaydi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarning 40 foizidan ko‘pi keying yilda ish joyini o‘zgartirmoqchi

Ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining 41 foizi 2025-yilda ish joyini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda HeadHunter matbuot xizmati xabar berdi.

Odamlar eng ko‘p qaysi sohaga ishini o‘zgartirmoqchi?

Xodimlar koʻpincha oʻzgarishlarga intiladigan sohalar orasida quyidagilar ajralib turadi:

·      Transport va logistika — 62 foiz;

·      Tibbiyot va farmatsevtika — 60 foiz;

·      Taʼlim — 58 foiz.

Asosiy sabab — ish haqining pastligi

Ish joyini oʻzgartirishga undovchi eng koʻp uchraydigan sabab — ish haqining pastligi. Respondentlarning toʻrtdan uch qismi ish haqidan qoniqmaydi. Shuningdek, koʻplab respondentlarga (43 foiz) karerada oʻsishning yoʻqligi va ogʻir mehnat sharoitlari (37 foiz) yoqmaydi.

Respondentlarning 15 foizi chet elga ketmoqchi

Bundan tashqari, respondentlarning 15 foizi yaxshiroq sharoit izlab chet elga borishni rejalashtirgan. Mamlakatning har beshinchi fuqarosi kasbni oʻzgartirish va IT sohasida ishlashni oʻzlashtirishdan manfaatdor, bu raqamli iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga boʻlgan talabning oʻsishi va taʼlim dasturlari ommabopligining oshishi bilan bogʻliq.

18–24 yoshdagi yoshlar orasida ish joyini oʻzgartirish istagi yuqori

18–24 yoshdagi yoshlar orasida ish joyini oʻzgartirish istagi ayniqsa yuqori - respondentlarning 72 foizi yangi imkoniyatlarni izlaydi. Buning sababi shundaki, yosh mutaxassislar koʻpincha tajribasizlikka duch kelishadi, bu esa ularning karyera istiqbollarini cheklaydi.