Qaysi biriga ishonish kerak, Bosh prokuraturami yoki “Hudugazta’minot”?
Yaqinda 17-dekabr kuni Qarshi shahrida 46 yoshli erkak va uning uch nafar (18, 16 va 10 yoshli) farzandlari isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgani aytilgan edi. Surishtiruvlar natijasi esa ikki tashkilotda turlicha talqin qilinmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Uch kun avval, 17-dekabr kuni Qarshi shahridagi yashovchi 46 yoshli erkak va uning uch nafar (18, 16 va 10 yoshli) farzandlari isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan.
“Hududgazta’minot”
Lekin Kun.uz’ning yozishicha, “Hududgaztaʼminot” AJ taʼminoti matbuot xizmati, gaz boʻlimi va FVB xodimlari tomonidan voqea joyi oʻrganilganda gaz bosimi, dudburonning tortish kuchi meʼyorida ekani hamda is gazi sizib chiqishi holatlari aniqlanmaganligini ma’lum qilgan va holat gaz yoki is gazi bilan bogʻliqligi ehtimoldan yiroqligini qayd etgan.
Bosh prokuratura
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ekspertizaning ma’lumotida, marhumlarning o‘limi “is gazidan o‘tkir zaharlanish”dan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Shunindek, Bosh prokuratura hozirda tekshirish ishlari davom ettirilayotganini ta’kidladi.



