$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida qaday o‘zgarishlar bo‘ldi?

iqtisodiyot

2024-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti jadal oʻsishda davom etdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,5 foizga (2023-yilda 6,3 foizga) oʻsdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda Oʻzbekistonda narxlarning oʻrtacha oʻsishi kuzatildi. Shunday qilib, iste’mol narxlari indeksi 2024-yil yakuni boʻyicha 9,8%ga (2023-yilda 8,8%ga) oshdi.

Investitsiyalar hajmining oshishi va xususiy sektorning ahamiyati

Investitsiyalarni jalb qilishda sohasida ijobiy dinamika kuzatildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investisiyalar hajmi 27,6%ga oʻsdi. Asosiy tushum markazlashtirilmagan investisiyalar boʻyicha 32,8%ga kuzatildi. Shu bilan birga, byudjet mablagʻlari hisobidan investitsiyalarning 10,7%ga kamayganini ta'kidlash joiz, bu xususiy investitsiyalarning roli oshganidan dalolat beradi.

2024 yilda asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investisiyalarning umumiy hajmida markazlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 10,5%gacha (2023 yildagi 14,0%dan) kamaydi, markazlashtirilmagan investitsiyalar esa mos ravishda 89,5%gacha oʻsdi.

Iqtisodiy tarmoqlar dinamikasi

Iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmi oshdi. Ishlab chiqarish sanoati, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalari jadal rivojlandi. To‘qimachilik, elektrotexnika, metallurgiya, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi tarmoqlar o‘sishning asosiy drayverlari bo‘ldi. Shu bilan birga, farmatsevtika va charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmi biroz pasaydi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i 2023-yilda 4,1% bo‘lgan o‘sish sur’ati 2024-yilda 3,0%gacha sekinlashgan bo‘lsa-da, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy tarmoqlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Sanoat ishlab chiqarishi yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolib, 2024-yilda 6,8%ga (2023-yilda 6,3%) o‘sdi. Ushbu o‘sishda qayta ishlash sanoati muhim rol o‘ynadi. Tarmoqlar bo‘yicha elektrotexnika 16,3% (2023-yilda 3,1%), to‘qimachilik 10,7% (2023-yilda 7,9%), metallurgiya 6,4% (2023-yilda 5,0%), oziq-ovqat 3,2% (2023-yilda 6,8%), avtomobilsozlik 8,8% (2023-yilda 16,8%) va qurilish materiallari 7,5% (2023-yilda 11,5%) o‘sishni qayd etdi. Shu bilan birga, kimyo sanoati 3,4%ga o‘sdi, bu sohadagi 2023-yildagi -3,3% pasayishdan sezilarli yaxshilanishdir. Mebel sanoati esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etib, 25,2%ga o‘sdi (2023-yilda 0,2%).

Biroq, ayrim tarmoqlarda pasayish kuzatildi. Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi 7,5%ga, charm-poyabzal sanoatida esa 0,6%ga qisqardi. Elektr ta’minoti sohasida ishlab chiqarish hajmi 5,3%ga o‘sdi (2023-yilda 9,5%).

Neft-gaz qazib chiqarish sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,4%ga o‘sdi, bu 2023-yildagi 4,7% o‘sishdan sezilarli darajada pastdir. Suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida esa 5,5% o‘sish qayd etildi (2023-yilda 3,2%).

Xizmat ko‘rsatish sohasi va qurilishdagi o‘sish

Qurilish sanoatidagi o‘sish sur’ati 2024-yilda 8,8%ni tashkil etdi, bu 2023-yildagi 7,0% ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori.

Xizmat ko‘rsatish sohasi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan yanada tezroq rivojlandi. Bozor xizmatlari hajmi 12,9%ga oshdi va bu tarmoq iqtisodiy o‘sishning muhim drayveri bo‘lib qoldi.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik tarmoqlardan moliya sektori eng yuqori ulushni egallab, 20,6%ga o‘sdi. Shuningdek, turar joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari 10,6%, savdo sektori 11,8%, aloqa va axborotlashtirish sohasi esa 25,8%ga o‘sishni qayd etdi.

Tashqi savdo aylanmasi va eksport-import tendensiyalari

Tashqi savdo hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan biroz pasaygan bo‘lsa-da, 2024-yilda barqaror rivojlanish kuzatildi. Yil yakuniga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi 3,8%ga oshib, 66 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport hajmi 8,4%ga o‘sdi, import esa 0,8%ga ko‘paydi.

Mahsulot turlari bo‘yicha yoqilg‘i-moylash materiallari eksporti 39,8%, xizmatlar 27,7%, kimyo mahsulotlari 29,1%, oziq-ovqat mahsulotlari 22,4%, sanoat mahsulotlari esa 3,7%ga oshdi. Biroq, mashina va transport uskunalari eksporti 7,9%, turli tayyor mahsulotlar eksporti esa 7,5%ga qisqardi.

Import tarkibida yoqilg‘i-moylash materiallari 50,1%, xizmatlar 21,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 5,7%, nooziq-ovqat xom ashyosi esa 6,3%ga o‘sdi. Shu bilan birga, mashina va transport uskunalari importi 9,7%, sanoat tovarlari 4,2% va kimyoviy mahsulotlar 3,6%ga kamaydi.

Umuman olganda, 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi barqaror rivojlanishni namoyish etdi. Ushbu natijalar mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning samaradorligi va iqtisodiy salohiyatining kuchayib borayotganidan darak beradi.

Теги :
Jamiyat