O'zbekistonning iqtisodiy holati qanday ahvolda?
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati yuzasidan 2024-yilning yanvar-may oylariga ko'ra, Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlari e'lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga qaraganda, 2024-yilning yanvar-may oylarida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda quyidagicha:
Sanoat ishlab chiqarish hajmi indeksi – 108,4 %
Qurilish ishlari hajmining o'sish sur'ati – 107,2 %
Chakana savdo tovar aylanmasi o'sish sur'ati – 108,7 %
Bozor xizmatlari hajmining o'sish sur'ati – 113 %
Tashqi savdo aylanmasi o'sish sur'ati – 103 %
Eksportning o'sish sur'ati – 101,9 %
Importning o'sish sur'ati – 103, 7 %
Faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) soni – 463 833 ta
Faoliyat ko'rsatayotgan subyektlari (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) soni – 395 364 ta
Eslatib o'tamiz: Prezidentning 2020-yil 26-martda qabul qilingan "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoniga muvofiq sohada bir qator yangiliklar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.



