$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionatiga chiqishi endi hayratlanarli natija emas

UFA

Qozog‘istonlik bloger O‘zbekiston futbolda ulardan ustun ekanligini aytdi.

Qo‘shnilar Husanov transferiga hamon ishonishmayaptimi?

Bloger va ssenariy yozuvchi Nurmaxan Mukanuli YouTube’dagi “Soqqi jene gol!” podkastida O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli hamda Husanov transferi haqida fikr bildirdi. Mukanulining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi qozog‘istonliklar Yevropaning top-klubi “Lans”da o‘ynaydigan o‘zbekistonlik futbolchini sotib olayotganiga haligacha ishonishmayapti. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli

Bloger O‘zbekiston terma jamoasining Mundialga chiqish imkoniyati va bu hech qanday hayratlanarli natija emasligi haqida ham gapirib o‘tgan. “Futbol haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘zbeklar sezilarli darajada o‘zib ketishdi. Hozir O‘zbekiston 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqishi mumkinligi haqida gapiryapmiz. Vaholanki, bungacha ham ularda 2010, 2014 va 2018-yilgi Mundiallarga chiqish imkoniyati bor edi. O‘zbekiston 2014-yilni hamon eslaydi, o‘shanda jamoa to‘plar farqi tufayli jahon chempionatiga chiqolmagan, ikki to‘p kamlik qilgan va Janubiy Koreyaga yutqazgandi”, deydi u.

Iqror

Mutaxassis mavzuga yakun yasarkan ikki mamlakat futboliga baho beradi. “Bularning barchasi O‘zbekiston bizdan ilgarilab ketganini tasdiqlaydi. Ular 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida, so‘ng yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. O‘tgan yozda esa Parijdagi Olimpiadada qatnashishdi. Shu bois “O‘zbekiston qanday qilib jahon chempionatiga chiqadi?”, “O‘zbekistonlik futbolchi APL klubiga o‘tadimi?” kabi savollar bilan hayratlanish futbolga shunchaki qiziqishni bildiradi”, — degan Mukanuli.

Теги :
Jamiyat