$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqlim o‘zgarishi tahdidi: 2050-yilga kelib 1,2 milliard odam yashash joyini tark etadi

iqlim o

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori (JSST) Tedros Adxanom Gebreyesus iqlim o‘zgarishi oqibatlari xususida ma’lumot berdi.

1,2 milliard odam uyini tark etishga majbur bo‘ladi

Unga ko‘ra, 2050-yilga borib aynan iqlim o‘zgarishi omillari sabab 1,2 milliardga qadar odam yashash joyini tark etishga majbur bo‘ladi.

JSST rahbari ta’kidlashicha, iqlim bo‘hroni bu – salomatlik inqirozidir. Bu muammo, xususan, migrantlar sog‘lig‘iga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

“Shu bois biz BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) va istiqboldagi anjumanlar deklaratsiyalariga migrantlar salomatligi masalasi kiritilishini talab qilamiz”, – deb yozgan Tedros Adxanom Gebreyesus.

Misol – 2024-yil Yer uchun tarixdagi eng issiq yil

Olimlar iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari haqida bong urib kelmoqda.

Avvalroq “Tabiat va odamlar” jamg‘armasining iqlim bo‘yicha eksperti Aleksey Kokorin 2024-yil Yer uchun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

2030-yildan keyin yiliga 250 ming kishi o‘limiga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘ladi


Amerikalik olimlar esa bir necha yildan so‘ng G‘arbiy Afrika, Janubiy Osiyo va AQShning O‘rta G‘arb mintaqalari iqlim o‘zgarishlari oqibatida inson hayoti uchun xavfli bo‘lib qoladi deya xulosa e’lon qilgan.

JSST hisobotiga ko‘ra, 2030–2050-yillarda iqlim o‘zgarishi tufayli har yili 250 ming kishi bevaqt vafot etadi.

Теги :
Jamiyat