O‘zbekiston IQ darajasi bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi?
Ma'lumot uchun, ushbu reytingga 115 ta davlat kiritilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro IQ reyestri platformasi dunyo davlatlari bo‘yicha IQ darajasi reytingini e’lon qildi. Maʼlumot 2024-yil 1-yanvarda yangilangan boʻlib, reyting Xalqaro IQ reyestri (International IQ registry) platformasi tomonidan tuzilgan. Bu haqda Oyina nashri xabar berdi.
Natijalar platformadagi testlar orqali aniqlashtirilgan
Taqdim qilingan koʻrsatgichlar 2023-yilgi maʼlumotlarga asoslanadi. Bunda platforma orqali testlarni yechgan ishtirokchilarning natijalari asosiy omil hisoblanadi.
Jumladan, mazkur reyting ballari 1 mln. 691 ming 740 nafar ishtirokchining koʻrsatgan natijalariga tayanilgan holda ishlab chiqilgan.
Birinchi o‘rinni janubiy koreyaliklar egallagan
Oʻrtacha IQ ballari boʻyicha eng yuqori oʻrinni Janubiy Koreya band qilgan (107.54 ball). Kuchli toʻrtlikdan Xitoy (106.99 ball), Eron (106.84 ball), Yaponiya (106.18 ball) joy olgan.
Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rni
Markaziy Osiyoda eng yaxshi koʻrsatgich Qozogʻistonga tegishdir (64-oʻrin, 97.26 ball). Quyida Markaziy Osiyo davlatlarining IQ ballari va egallab turgan oʻrni keltirilgan:
Qozogʻiston – 64-oʻrin, 97.26 ball;
Oʻzbekiston – 80-oʻrin, 94.81ball;
Qirgʻiziston – 89-oʻrin, 93.46 ball;
Tojikiston – 97-oʻrin, 92.1 ball;
Turmaniston reytingga kiritilmagan.



