$
 12694.97
40.84
 14878.50
60.51
 161.60
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Fitch Ipoteka bank OTP Group’ning uzoq muddatli reytingini BB barqaror darajasiga oshirdi

Fitch Ratings

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Ipoteka bank OTP Group’ning uzoq muddatli emitentning defolt reytingi (IDR) ni xorijiy va mahalliy valyutada BB- dan BB darajasiga koʻtardi va “Barqaror” sifatida baholadi. Aksionerlikni qoʻllab-quvvatlash reytingida (SSR) ham bb- dan bb ga yaxshilangan. Bankning barqarorlik reytingi oʻzgarmagan.

BB darajasi

Bu koʻrsatkich Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingi yaxshilanishi bilan bogʻliq boʻlib, mamlakat iqtisodiyotiga xalqaro investorlarning ishonchi ortganini tasdiqlaydi.

Ipoteka bank OTP Group oʻzining asosiy aksiyadori – moliya bozori yetakchilaridan biri boʻlgan OTP Bank’ning yaqin qoʻllab-quvvatlashi tufayli mustahkam oʻrinni saqlab qolmoqda. OTP asosiy aktsiyador sifatida Ipoteka bank’ni qoʻllab-quvvatlaydi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi.

Fitch bankning qisqa muddatli reytinglarini ham B darajasida tasdiqladi, bu BB reyting kategoriyasidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.

Ushbu reyting Ipoteka bank OTP Group’ning ishonchliligi va Oʻzbekistonning tez rivojlanayotgan moliya sektorida iqtisodiy oʻsish barqarorligiga boʻlgan ishonchini aks ettiradi.

OTP Group haqida

Maʼlumot uchun, OTP Group Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida eng tez rivojlanayotgan bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Guruh 2023 yilda Oʻzbekiston bozoriga kirib, Ipoteka Bank’ni sotib olgan. Hozirda guruh 11 mamlakatda 17 million mijozga xizmat koʻrsatadi va S&P Global Market Intelligence tomonidan Yevropa boʻyicha yirik banklar qatorida etakchi deb tan olingan.

Bank 2023 yildan xalqaro OTP guruhi tarkibiga kirgach keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari kuzatildi, xususan, ixtisoslashgan ipoteka muassasasidan rivojlangan raqamli va korporativ infratuzilmaga ega universal bankka aylanmoqda.

2024-yilda Ipoteka bank yuqori natijalarga erishdi: sof foyda 1,84 trillion so‘m (taxminan 145 million AQSh dollari), kapital rentabelligi (ROE) — 30%, xarajatlar daromadga nisbati esa 38% ga qisqardi. Bankning mijozlar bazasi esa 1,7 milliondan oshdi.

Reklama huquqlari asosida