$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka bank OTP Group ta’limga navbatdagi investitsiyani kiritdi

Ipotekabank

Ipoteka bank OTP Group va Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorlikda universitetning ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirdi. Ish haqi loyihasi doirasida universitetning “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘quv-uslubiy laboratoriyasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

Yangilangan laboratoriya talabalar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratib, ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashiga xizmat qiladi.

Kelajak mutaxassislari uchun yaratilgan sharoit

Bugungi mehnat bozori nafaqat diplom, balki amaliy tajriba va zamonaviy ko‘nikmalarni ham talab qilmoqda. Shu sababli universitetlarda ta’lim sifatini oshirish va talabalarni real ish jarayonlariga yaqinlashtiradigan infratuzilmani yaratish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi laboratoriya iqtisodiyot va menejment yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mutaxassislik fanlarini chuqurroq o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Ta’limga kiritilgan sarmoya

Ipoteka bank OTP Group Distributorlik va strategik hamkorlik biznes yo‘nalishi, Filiallar tarmog‘i direksiyasi vakili Farhod Inoyatovning ta’kidlashicha, ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bankning ijtimoiy mas’uliyat strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Uning fikricha, sifatli ta’lim yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Shu bois bank talabalar uchun zamonaviy va ilhomlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Talabalar manfaati yo‘lida

Chirchiq davlat pedagogika universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Oybek Ortiqovning qayd etishicha, laboratoriyaning yangilanishi universitet hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Ipoteka bank OTP Group qo‘llab-quvvatlovi natijasida talabalarimiz ta’lim sifati va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim sharoitlariga ega bo’lishdi. Bunday tashabbuslar ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Oybek Ortiqov.

Ipoteka bank OTP Group kelgusida ham inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratish va mamlakat iqtisodiyoti uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun

Ipoteka-bank OTP Group aloqa markazi: (78) 150-89-13

Sayt: ipotekabank.uz

Facebook: fb.com/ipotekabank

Instagram: @ipotekabank.uz

Telegram: t.me/ipotekabankofficial

YouTube: @ipotekabankofficial

LinkedIn: linkedin.com/company/ipotekabankofficial

Reklama huquqlari asosida