$
 12775.02
34.0
 14090.85
28.59
 134.60
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

«OTP Bank Nyrt» «Ipoteka-Bank» ATIB aksiyadorlariga o'z aksiyalarini sotishni taklif qiladi.

ipoteka_logo

 Hurmatli «Ipoteka-Bank» ATIB aksiyadorlari,

  «OTP Bank Nyrt» (yuridik manzili: Budapesht, Vengriya, Nodor ko'chasi, 16), «Ipoteka-Bank» ATIBning 79,58% ulushiga ega bo'lgan aksiyadori sifatida, boshqa aksiyadorlarga «Ipoteka-Bank» ATIB ulushlariga tegishli aksiyalarini har bir oddiy aksiya uchun 1,1 so'm va har bir imtiyozli aksiya uchun 3 so'm narxda sotishni taklif qiladi.

  Agar siz ushbu narxda aksiyalaringizni sotishga rozi bo'lsangiz, iltimos, o'z yozma roziligingizni («Ariza») info@ipotekabank.uz manziliga, quyida keltirilgan shaklda, ushbu taklif sanasidan 30 kalendar kun ichida (ya'ni, 2024 yil 24 iyul kunining ish vaqti oxirigacha) yuboring.

  Aksiyalarini sotishni xohlaydigan aksiyadorlar Arizani to'ldirishlari va imzolashlari, yuridik shaxs bo'lgan aksiyadorlar esa kompaniya muhrini qo'yishlari lozim.

  Har bir aksiyador o'z aksiyalarini sotish uchun zarur bo'lgan tasdiqlar, roziliklar va boshqa harakatlarni o'z vaqtida amalga oshirish uchun (shu jumladan, investitsion vositachiga aksiyalarni yechish va o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish), shuningdek, har qanday komissiyalar, yig'imlar va soliqlarni, shu jumladan, investitsion vositachi uchun to'lanadigan mukofotni o'z vaqtida to'lash uchun shaxsiy javobgarlikni oladi.

  Agar ushbu e'lon bo'yicha sizda biron-bir savollar bo'lsa, iltimos, biz bilan quyidagi manzilda bog'laning: O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko'chasi, 30-uy. Telefon: +998 78-150-89-55, info@ipotekabank.uz.

  Aksiyalarini sotishga rozi bo'lgan aksiyadorlardan quyidagi «Ariza»ni to'ldirib, imzolab, info@ipotekabank.uz manziliga yuborishlarini so'raymiz.