Qoraqalpog‘istonning investitsiya kiritish va biznes uchun boshqa hududlardan 3 ustunligi ma’lum qilindi
Prezidentimiz tadbirkorlar bilan bu yilgi ochiq muloqot aynan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilishining sabablarini aytdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpig‘istondagi qulaylikdan tadbirkorlar yetarli darajada foydalanmayotganligi ta’kidlandi.
Birinchi ustunlik
Qoraqalpog‘istonda biznes uchun birorta hududda yo‘q imtiyozlar paketi qilib berilgan. Jumladan, so‘nggi besh yilda alohida farmon va qarorlar bilan 52 turdagi imtiyoz va yengilliklar berildi.
Ushbu imtiyozlar hisobiga o‘tgan davrda tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi.
Bundan tashqari, 50 milliard so‘mdan yuqori loyihalarga infratuzilma qilib berishni ham davlat o‘z zimmasiga olgan.
Ikkinchi ustunlik
Yer ajratishning sodda tizimi joriy qilingan.
Nukus shahrida 1 million dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalari to‘g‘ridan to‘g‘ri berilmoqda.
Uchinchi ustunlik
Qoraqalpog‘iston – bu Yangi O‘zbekistonning darvozasi. Chunki katta bozorlarga chiqish uchun eng qulay hudud aynan Qoraqalpog‘iston.
Lekin, tadbirkorlarimiz bu imkoniyatdan to‘liq foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, xom ashyo "Dovud-ota" postidan olib o‘tilsa, Sariyog‘ochga nisbatan masofa 1 ming kilometrga, transport xarajati esa 25 foizga kamayadi.
Agar import xom-ashyo Qoraqalpog‘istonni o‘zida qayta ishlanib, tayyor mahsulot qilib, eksportga chiqariladigan bo‘lsa, tashishdan iqtisod qilingan mablag‘ 2 karra oshadi.



