$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar 49 foizga kamaydi, Qozog‘iston esa mintaqada yetakchi

investitsiya

2023-yilda Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga Grinfild investitsiyalari oqimi 27 foizga oshib, 24,8 milliard dollarga yetdi. Biroq, O‘zbekistonga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 49 foizga qisqarib, 4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ma’lumot BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hisobotida keltirilgan.

Mintaqadagi investitsiyalar o‘sishida Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilik qildi

Geosiyosiy taranglikka qaramay, Rossiyaga kiritilgan Grinfild investitsiyalari 88 foizga o‘sib, 1,1 milliard dollarga yetdi. Mintaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy qismini jalb qilgan davlatlar quyidagicha taqsimlandi:  

Qozog‘iston — investitsiyalar hajmi 88 foizga oshib, 15,7 milliard dollarga yetdi;  

O‘zbekiston — 49 foizga qisqarib, 4 milliard dollarni tashkil etdi;  

Qirg‘iziston — 310 foizga o‘sib, 2,1 milliard dollarga yetdi;  

Ozarbayjon — 1 foizga oshib, 1,2 milliard dollarga yetdi.  

Qozog‘iston investitsiyalarni jalb qilishda yetakchi

Qozog‘iston 2024-yil davomida mintaqadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 63 foizini jalb qilishda yetakchilik qilmoqda. Bu natija asosan Qatarning UCC Holding kompaniyasidan ajratilgan 11 milliard dollarlik investitsiyalarga bog‘liq bo‘lib, ushbu mablag‘ mamlakatda ikkita gazni qayta ishlash zavodi, yangi kompressor stansiyasi va ikkita magistral gaz quvurini qurish uchun yo‘naltirilgan.  

Qolgan mamlakatlar — Turkmaniston (339 million dollar), Tojikiston (281 million dollar), Gruziya (126 million dollar) va Armaniston (67 million dollar) — bu yil nisbatan kamroq sarmoya talab qiladigan loyihalarga jalb etilgan.

Biroq, 2023-yildagi tiklanishdan so‘ng, 2024-yilda submintaqadan chiqib ketgan investitsiyalar keskin 58 foizga kamayib, salkam 2,3 milliard dollarni tashkil etdi.

Tashqi investitsiyalar keskin kamaydi

Tashqi investitsiyalar hajmi 58 foizga qisqarib, 2,3 milliard dollarga yetdi. Ushbu mablag‘ning 90 foizi yoki 2,1 milliard dollari Rossiyaga yo‘naltirilgan. Rossiyalik investorlar, asosan, Hindiston va Belarusning ko‘mir, neft va gaz sohalariga 847 million dollar sarmoya kiritgan.

Mintaqadagi chet elga yo‘naltirilgan grinfild investitsiyalari manbalari esa Gruziya (105 million dollar), Ozarbayjon (76 million dollar), Qozog‘iston (47 million dollar) va Armaniston (7 million dollar) bo‘ldi.

Grinfild investitsiyalari nima?

Grinfild investitsiyalari — bu noldan boshlab rivojlantirilishi kerak bo‘lgan loyihalardir. Investor sanoat inshootlarini qurish uchun bo‘sh yer maydonini qo‘lga kiritadi. Odatda, bunday yerlar sanoat parklarida joylashgan bo‘ladi. Loyihaning yuqori xarajatlarini hisobga olgan holda, bu sohaga ko‘pincha yirik biznes vakillari qiziqish bildiradi.

Теги :
Jamiyat