$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Italiyada zaxirada o‘tirgandan ko‘ra, Rossiyada o‘ynagani ma’qul — Temur Kapadze

Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Rossiyaning Sport24 nashriga intervyu berdi. Murabbiy intervyu davomida o‘zbekistonlik futbolchilar va o‘zining faoliyatga doir masalalarga to‘xtalib o‘tdi. 

Italiyada zaxirada o‘tirgandan ko‘ra, Rossiyada o‘ynagan ma’qul

Timur Kapadze intervyusida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

— Abbos Fayzullayev ham Eldorning yo‘lidan boradimi?

Rossiyada Abbos Eldorga qaraganda tezroq moslashdi. Shomurodov mamlakatga, chempionatga endi ko‘nikkan vaqtida Italiyaga yo‘l olgan edi.

— Ammo u yerda ishlar yaxshi ketmadi?

— Eldor haqiqatdan ham yaxshiroq ish qilishi mumkin edi, lekin hali ham salohiyat bor. Balki u noto‘g‘ri jamoaga tushib qolgan, Mourinoning uslubi ta’sir qilishi mumkin edi. Italiyada taktik jihatlar ko‘p. Eldor Ispaniya yoki Germaniyaga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi.

— Rossiya klublari vaqti-vaqti bilan Shomurodovga qiziqish bildirishmoqda. Eldor bu variantni ko‘rib chiqishi kerakmi?

Ba’zan ikki qadam oldinga borish uchun bir qadam orqaga qaytishga arziydi. Italiyada zaxirada o‘tirgandan ko‘ra, Rossiyada o‘ynagan ma’qul.

 Abbos — vunderkind

O‘zbekiston U-23 terma jamoasida Abbosbek Fayzullayevga ustozlik qilgan Temur Kapadze Abbos haqidagi savollarga ham javob berdi.

— Abbos Fayzullayev — Rossiya Premer-ligasi yulduzi, O‘zbekistonning eng yorqin talanti. U bilan ishlagan paytingiz salohiyatini darrov payqaganmisiz?

Abbos — vunderkind. U har tomonlama rivojlangan, intellekti, texnikasi, qaror qabul qilish tezligi bor va ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Eng muhim fazilati mehnatkashligi va professionalligi. Abbos har doim o‘z ustida ishlaydi. Ko‘plab iste’dod egalaridan farqli ravishda maqtovlar uni bo‘shashtirib yubormaydi. Yulduzlik kasalidan xoli.

— Nazaringizga tushganida Abbos necha yoshda edi?

17 yoshidayoq uni yoshlar terma jamoasiga jalb qila boshlaganman. Tabiiyki, u asosiy o‘yinchi emasdi, lekin Abbos yoshiga nisbatan ancha yetuk bo‘lgan. Taktik vaziyatlarni ayrim futbolchilarga bir necha bor tushuntirish kerak, Abbos esa hammasini bittada anglab oladi.Qanday vazifa qo‘yishingdan qat’i nazar, barchasini to‘g‘ri bajaradi. Bunga uning ota-onasi va murabbiyi juda ko‘p hissa qo‘shgan. Abbos tarbiyali yigit, o‘qishida ham muammo bo‘lmagan va bir nechta tilni biladi.

— Abbos SSKAga o‘tishdan oldin siz bilan maslahatlashganmi?

Uning o‘zi nima qilayotgani, qayerga va nima uchun borayotganini yaxshi anglab olgan. Hozir esa, SSKAga o‘tgani to‘g‘ri qadam bo‘lib chiqqani ma’lum. Abbosga ishonch bildirishyapti, murabbiylar uning iste’dodini payqay oldi. U yaxshi kollektivga tushdi, hamma sheriklari uni qo‘llab-quvvatladi, barcha bilan tez til topishdi.

— Abbosga Niderlandiya, Turkiya, Portugaliyadan qiziqish bor. “Bavariya” ham uni kuzatyapti. Keyingi qadamni qachon tashlashini maslahat bergan bo‘lardingiz?

Agar qiziqarli variant chiqsa, qishda ketsa ham bo‘ladi. Tom chempionatlarning o‘rtamiyona jamoasi ham grand klubga o‘tish uchun yaxshi qadam bo‘ladi. SSKA orqali ham shunday qilish mumkin.

— Abbos terma jamoa bilan jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilayotganini aytgandi. Bu haqiqatga yaqinmi?

Albatta, chunki yo‘llanmalar soni ikki baravar ko‘paydi. Men O‘zbekiston milliy terma jamoasida 119 ta uchrashuv o‘tkazganman. Jahon chempionatiga chiqish uchun 3 ta saralash siklida qatnashdik, lekin har doim bir qadam – bir ochko yoki ikkita gol yetishmas edi. Bizga jahon chempionatida o‘ynash armon bo‘lib qoldi. Abbos esa, bu orzusiga erishadi.

O‘runovning salohiyati juda katta

Timur Kapadze "Spartak"ning sobiq vingeri Oston O‘runov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Oston O‘runovni Olimpiadaga chaqirdingiz. Rossiyada bu ish bermadi, endi esa u Eronda o‘ynamoqda. U hali ham yuqori marralarni ko‘zlashi mumkinmi?

Agar u yaxshi tushsa, albatta o‘zining yuqori o‘yinini ko‘rsatadi. O‘runovning salohiyati juda katta.

— Uning Rossiyadagi o‘yiniga nima to‘sqinlik qildi?

Uning mentaliteti to‘sqinlik qildi. O‘runov - sirli yigit, jamoa kirishib ketishi qiyin. Qayerdadir, sabr-toqat va o‘z-o‘zini yengish kerak bo‘lganda xarakter yetishmasligi bor edi. U "Spartak"dagi muhitga tayyor emasdi.

Bu murabbiy uchun eng yuqori daraja...

Timur Kapadze intervyusida Rossiyada ishlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

— Sizga Rossiyada ishlash taklifi bo‘lganmi?

Yo‘q bo‘lmagan. Agentlar: "Sizda Rossiyada ishlash varianti bormi?", deya so‘rashgan. Lekin men uchun hamma narsadan muhimroq bo‘lgan terma jamoa bilan band edim. Siz o‘z mamlakatingiz sharafini himoya qilar ekansiz — bu murabbiy uchun eng yuqori daraja. Bu 300 ming kishi qo‘llab-quvvatlaydigan klub emas. Terma jamoa uchun butun mamlakat, millionlab insonlar muxlislik qiladi! Mamlakat oldidagi mas’uliyat — boshqa daraja. Siz munosib bo‘lishingiz kerak. 4 yil ichida buni isbotlaganimizdan xursandman: uchta yirik turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qildik va o‘zbek futboli nufuzini ko‘tardik.

— Stanislav Cherchesovning "milliy terma jamoa murabbiyi — davlat lavozimidir", degan so‘zlari esimga tushdi. Rossiyada hamma ham bunga ijobiy munosabat bildirmadi. Cherchesovning fikriga qo‘shilasizmi?

Men shunday o‘ylayman — O‘zbekiston terma jamoasi safida Qatar, Koreya yoki Yaponiyaga qarshi o‘ynayapman. Raqiblar o‘z mamlakatini himoya qilish uchun o‘sha yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘adilar. Bu urush yoki tibbiyotdagi raqobatga o‘xshaydi — mamlakatga qarshi mamlakat, kim yaxshiroq. Futbolda ham shunday. Aytaylik, Yaponiyani mag‘lub etsak, demak, hozir yoshlarimiz ulardan kuchli, futbolimiz yaxshiroq. Bu mamlakatning obro‘si, imiji va ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Cherchesovning so‘zlariga qo‘shilishim mumkin.
Теги :
Jamiyat