Yaponiyada rekord tezlikdagi internet paydo bo‘ldi
Eng qizig‘i — bu natijaga internet-provayderlar ayni paytda ishlatayotgan texnologiyalar bilan erishildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada dunyodagi eng tez internet paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Azerbayjan24 nashri.
Internet tezligi 402 Tbit/sekund
Yaponiya axborot texnologiyalari milliy instituti tijoriy optik tolali kabel orqali 402 Tbit/sekund tezlikda ma’lumot uzatib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.
Buning uchun 50 kilometr uzunlikdagi 1 505 ta kanal orqali signal uzatildi. Qurilmalardan 6 toifadagi kuchaytirgich va 37 TGs o‘tkazuvchanlikka ega optik ekvalayzer qo‘llanildi.
Maksimal ko‘rsatkich 25 foizga yaxshilangan
Natijada maksimal ko‘rsatkich oldingisiga nisbatan 25 foiz yaxshilanib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati 35 foizga oshdi.
“Eng qizig‘i — bu natijaga internet-provayderlar ayni paytda ishlatayotgan texnologiyalar bilan erishildi. Yangi avlod optik kabellari va tizimlaridan foydalangan holda tolali optikaning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkoniyati haqida gapirmasa ham, foydalanilmagan salohiyat haqiqatan ham ulkan,” – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, shu paytgacha “Speedtest Global Index” talqiniga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinda 329 Mbit/sekund tezlik bilan Qatar, kabelli internet bo‘yicha 289 Mbit/sekund tezlik bilan Singapur turar edi.



