$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda o‘z uyida internetdan foydalanayotganlar qatlami ko‘paymoqda

Internet

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan joriy yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining o‘z uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi ma’lum bo‘ldi. 

Sezilarli farq

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining o‘z uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 79,2 foizni tashkil etgan. Taqqoslash uchun bu ko‘rsatkich 2022-yilda – 59,6 foizni, 2023-yilda esa – 67 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonliklar internet uchun maoshining qanchasini sarflaydi?

Avvalroq O‘zbekiston mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) 179 davlat orasida 43-o‘rinni egallagandi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. Reytingga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 10 Gb dan ortiq ma’lumotlarga ega mobil telefon rejasining o‘rtacha narxi 24,20 dollarni tashkil etadi, odamlar bunga o‘z maoshlarining 4,1 foizini sarflaydi. MDH davlatlari orasida internet narxlari reytingida Qirg‘iziston 8-o‘rinda (1 gigabaytning o‘rtacha narxi 0,17 dollar), Rossiya 15-o‘rinda (0,25 dollar), O‘zbekiston 22-o‘rinda (0,30 dollar). Qozog‘iston 35-o‘rinda (0,41 dollar), Belarus 66-o‘rinda (0,67 dollar), Armaniston 88-o‘rinda (0,98 dollar), Ozarbayjon 146-o‘rinda (1,76 dollar) joylashgan.

Internet tezligi

Iyun oyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra mamlakat internet tezligi borasida 12 pog‘ona yuqorilagan, ammo hali ham Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatimda iyun oyida o‘rtacha internet tezligi - 56,43 Mbit/sekundni tashkil etdi. O‘z navbatida, simsiz internet orqali yuklab olish tezligi 30,34 Mbit/sekundni, yuklash tezligi esa 12,09 ni tashkil qiladi. Statsionar yuklab olish tezligi 65,42 Mbit/s, yuklash tezligi esa 62,17 Mbit/s bo‘ldi. Markaziy Osiyoda internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘rinda, undan oldinda Qozog‘iston(64) va Qirg‘iziston(66) davlatlari bor.