$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha yuqoriga ko‘tarildi

internet speed

Iyun oyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra mamlakat 12 pog‘ona yuqorilagan, ammo hali ham Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda turibdi.

Internet tezligi reytingi 

Speedtest.uz sayti har oyda "Speedtest Global index" ro‘yxatini yangilaydi. Iyun oyi ko‘rsatkichlariga (https://www.speedtest.net/global-index) ko‘ra, O‘zbekiston 12 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 77-o‘rinni egalladi. Umumjahon reytingida esa eng yuqori tezlik Qatarda qayd etilgan.

Butunjahon reytingi 

Umumiy reytingda kuchli o‘nlik quyidagicha:

1. Qatar - 334,6 Mbit/s

2. BAA - 323,61 Mbit/s

3. Quvayt - 226,56 Mbit/s

4. Norvegiya - 145,19 Mbit/s

5. Daniya - 144,93 Mbit/s

6. Janubiy Koreya - 139,04 Mbit/s

7. Xitoy - 135,71 Mbit/s

8. Saudiya Arabistoni -128,03 Mbit/s

9. Niderlandiya - 120,96 Mbit/s

10. Bahrayn - 113,87 Mbit/s

O‘zbekistonda internet tezligi

Mamlakatimda iyun oyida o‘rtacha internet tezligi - 56,43 Mbit/sekundni tashkil etdi. O‘z navbatida, simsiz internet orqali yuklab olish tezligi 30,34 Mbit/sekundni, yuklash tezligi esa 12,09 ni tashkil qiladi. Statsionar yuklab olish tezligi 65,42 Mbit/s, yuklash tezligi esa 62,17 Mbit/s bo‘ldi. Markaziy Osiyoda internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘rinda, undan oldinda Qozog‘iston(64) va Qirg‘iziston(66) davlatlari bor.

“Bu hali yetarli natija emas”

— O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida o‘tgan oyda 12 pog‘ona ko‘tarildi, 2020-yilga nisbatan esa 56 pog‘ona tepaga chiqdi. Ya’ni aholi o‘sishi va narxlar saqlangan holda ko‘proq mobil internetga ega tariflar ko‘payib, tarmoqqa talab kundan-kunga ortishiga qaramay, o‘rtacha tezlikni oshirish bo‘yicha operatorlar reytingdagi boshqa ko‘pgina davlatlardagidan ko‘ra ko‘proq harakat qilishmoqda. Albatta, bu hali yetarli emas, internet tezligini va sifatini oshirish bo‘yicha operatorlarimiz yanada ko‘proq harakat qilishlari zarur, — deya reytingga o‘z munosabatini bildirdi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.