$
 12042.49
-18.06
 14147.52
-35.69
 160.55
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Notekis internet erkinligi: 171 davlat orasida katta tafovut aniqlandi

net

2026-yil uchun mo‘ljallangan internet erkinligi reytingi e’lon qilindi. Unda dunyoning 171 ta davlati solishtirilgan bo‘lib, ular orasida juda katta farq borligi aniqlandi. Ayrim davlatlarda internet deyarli cheklanmagan bo‘lsa, boshqalarida esa qattiq nazorat ostida. Cloudwards kompaniyasi tomonidan tuzilgan ushbu ro‘yxatda torrentdan foydalanish, VPN ochiqligi, kattalar uchun kontentga kirish va odamlarning erkin fikr bildira olishi kabi omillar hisobga olingan.

Xo‘sh, qaysi mamlakat internet erkinligi bo‘yicha ortda qolmoqda? Bunga nima sabab?

Eng erkin internet qayerda?

Reytingda hech bir davlat maksimal natijaga erisha olmagan. Biroq 11 ta davlat 92 ball bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Ular orasida Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Islandiya, Yangi Zelandiya kabi davlatlar bor. Bu davlatlarda internet ochiq, odamlar deyarli hech qanday to‘siqsiz foydalanadi.

Ayniqsa Yevropa davlatlari bu ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari erkinlik va ochiqligi bilan ajralib turadi. Qiziq tomoni, Surinam va Timor-Leste kabi rivojlanayotgan davlatlar ham yuqori o‘rinda turibdi. U yerda ham ijtimoiy tarmoqlar va internetga kirish deyarli cheklanmagan.

Interneti nazorat qilinadigan davlatlar

Reytingning eng pastida 0 ball bilan Shimoliy Koreya turibdi. Bu yerda oddiy odamlar global internetdan deyarli foydalana olmaydi. Ularning o‘rniga faqat ichki tarmoq ishlaydi va u ham qat’iy nazorat qilinadi.

Keyingi o‘rinlarda Xitoy, Rossiya, Eron va Pokiston turadi — ular atigi 4 ball olgan. Ayniqsa Xitoydagi “Buyuk fayrvol” tizimi juda mashhur. Bu tizim hukumatni tanqid qiladigan yoki siyosiy mavzulardagi kontentni bloklaydi, hatto ko‘plab xorijiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarga kirishni ham cheklaydi.

O‘rtacha holatdagi davlatlar

Ba’zi davlatlar esa o‘rtacha natija ko‘rsatgan. Masalan, AQSh 64 ball bilan reyting o‘rtalarida joylashgan. Shu qatorda Avstraliya, Fransiya, Germaniya va Yaponiya ham bor. Buyuk Britaniya esa 52 ball bilan biroz pastroq turibdi. Bunga yangi qonunlar sabab bo‘lgan.

Eng qiziq holatlardan biri Janubiy Koreyada kuzatilgan. U atigi 32 ball olgan va hatto Qozog‘iston, Kuba va Venesueladan ham pastda turibdi. Bu internet erkinligi faqat siyosiy tizimga emas, balki alohida cheklovlarga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat