$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Nukusda profilaktika inspektori aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib, xotiniga hadya qildi

prof ins

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Nukus shahar IIO FMB profilaktika inspektori A.M.ga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Majburan ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan

Tergovda toʻplangan dalillarga koʻra, profilaktika inspektori A.M. oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi O.E.ning yaqin qarindoshlari yoʻqligi va aqli norasoligidan foydalanib, uning mulklarini qoʻlga kiritish maqsadida, goʻyoki E.O. jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzib yurganligi toʻgʻrisida 1-son ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi rahbariga bildirishnoma yozib, majburan shifoxonaga joylashtirib, uni uyidan chiqarib yuborishga va ozodligini cheklashga erishgan.

Qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlagan

Soʻngra, u O.E.ga qarashli turar joyga egalik huquqini tasdiqlovchi orderni soxtalashtirish orqali kadastr idorasi xodimi Ch.S. koʻmagida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlab, turar joyni oʻzining nomiga rasmiylashtirishgan.

Inspektor uyni xotiniga sovg’a qilgan

Profilaktika inspektori A.M. jinoyatlarini yashirish maqsadida, turar joyni turmush oʻrtogʻi O.D.ga hadya shartnomasi orqali qayta rasmiylashtirib, E.O.ning juda koʻp miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Jinoiy daromadlarini legallashtirgan

Shuningdek, profilaktika inspektori jabrlanuvchi E.O.ning ojizligidan foydalangan holda qoʻlga kiritgan bank plastik kartasidagi pul mablagʻlarini oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, u O.E.ning bankdagi omonat hisob-raqamida saqlanayotgan juda koʻp miqdordagi pullarini bank xodimlarini goʻyoki egasiga berish uchun olayotganligiga ishontirib, qoʻlga kiritishga erishgan.

A.M. yuqoridagi jinoiy harakatlari natijasida qoʻlga kiritgan E.O.ning juda koʻp miqdordagi omonat pullariga opasining nomiga “Lacetti” rusumli avtomashina xarid qilib, jinoiy daromadlarini legallashtirgan.

Jinoyat ishi sud muhokamasida

Tergov natijasiga koʻra, profilaktika inspektori A.M.ga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi

“a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi,

169-moddasi 4-qismi “a” bandi, 243-moddalari hamda kadastr idorasi xodimi Ch.S.ga JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi

3-qismi va 28, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

2 yillik ozodlikdan cheklash jazosi

Biroq, Nukus shahar sudi sudyasi 07.06.2024-yildagi hukmiga asosan tergov organi tomonidan A.M.ga JKning 169, 228, 243-moddalari bilan qoʻyilgan ayblovlarni asossiz ravishda olib tashlab, JKning 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topib, 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda, 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan.

Xuddi shunday, kadastr idorasi xodimi Ch.S.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi va 28,169-moddasi 4-qismi “a” bandi olib tashlanib, JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan.

180 mln so’m pullar sudlanuvchiga qaytarib beriladi

Shuningdek, sud hukmi bilan tergovda jabrlanuvchi O.E.ning soxta hujjatlar asosida begonalashtirilgan turar joyi talon-toroj etilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida undirilgan 180 mln so’m pullarni sudlanuvchiga qaytarib berish belgilangan. 

“Prokuratura organlari tomonidan apellyatsiya muddatida ish hujjatlari oʻrganilib, mazkur sud hukmi roʻyi-rost asossiz, adolatsiz va noqonuniy deb topilib, sud qarorini bekor qilish haqida protest keltirildi. Ish apellyatsiya instansiyada koʻrilishida, malakali prokuror ishtiroki ta'minlanadi”, - deyiladi prokuratura munosabatida.

Теги :
Жамият