Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Rossiya grandlari yana bir o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchini ko‘zlamoqda

Ushbu futbolchi The Guardian nashri tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan dunyoning 60 nafar eng iqtidorli futbolchilari reytingiga kiritgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya grandlari yana bir o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchini ko‘zlamoqda

Rossiyadagi legionerlarimiz soni yana bittaga oshishi kutilmoqda.

RPL sari navbatdagi yo'l

Taniqli insayder Ivan Karpovning ma’lum qilishicha, 17 yoshli Azizbek To‘lqinbekov Rossiyaning grand klublari nishoniga tushgan. Manbaga ko‘ra, iste’dodli himoyachini “Spartak”, “Zenit” va SSKA o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda. Yosh futbolchi hozir Transfermarkt portali tomonidan 250 ming yevroga baholanmoqda.

Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri jahonning eng umidli iqtidorlari o‘yinchilari top-60 ligini e’lon qilib, ushbu ro‘yxatga o‘zbekistonlik futbolchini ham kiritgan edi. O‘zbekiston U20 jamoasi hamda “Bunyodkor” klubi himoyachisi Azizbek To‘lqinbekov 2007-yilda tug‘ilgan.