$
 12593.77
90.78
 14698.19
213.48
 158.49
2.55
weather
+26
Кечаси   +14°

Abduqodir Husanovning transferi 40 million yevro bo‘lishi kutilmoqda

Husanov

Abduqodir Husanovning taxminiy transfer narxi ma’lum qilindi. Insayderlar futbolchiga Madrid, Manchester, London, Parij va nemis klublaridan qiziqishlar bo‘layotganini ma’lum qilishmoqda.

Insayd ma’lumot qanchalik ishonchli?

Insayder Narzulla Saydullayev Fransuz jamoasi o‘zbekistonlik himoyachini taxminan 40 million yevroga sotmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ha, ushbu insayderning futbol klubiga hech qanday yaqin aloqasi yo‘q, ammo bizga yaqin manbalarga ko‘ra u futbolchining agenti bilan yaqin munosabatda. Shuning uchun ham ushbu xabarni e’tiborsiz qoldirish o‘rinsiz.

Grandlar qiziqishi

Avvalroq futbol olamidagi eng ishonchli insayderlardan biri Fabritsio Romano o‘zining tarmoqdagi rasmiy sahifasida “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning qishki transferlar oynasidagi nishonlari ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qilgaandi. Ma’lum bo‘lishicha, shaharliklar asosiy himoyachilari Ruben Diash va Jon Stounzning doimiy jarohatlari sabab o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachini sotib olmoqchi. Shuningdek, Husanov “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Lester”, “PSJ”, “Leypsig” va “Atletiko” klublarining ham qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. 

Madrid klubi qiziqishi 

3-yanvar kuni yana shu o‘zbek futbolida o‘zbek Romanosi deya nom qozongan insayder Narzulla Saydullayev futbolchiga Madridning “Real” jamoasi ham qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan. ”Mendagi ma’lumotga ko‘ra, Abduqodir uchun kurashda “Siti”ga “Nyukasl”, “Real Madrid” va “Bayer” klublari jiddiy raqobat qilishmoqda. Mana shu 4 klub futbolchi uchun eng asosiy da’vogar. “Lans” Husanovni taxminan 40 million yevroga sotmoqchi. Moliyaviy feyr-pley tufayli ko‘plab ingliz klublari, jumladan “Manchester Yunayted” ham buncha pul sarflay olmaydi”, deb yozadi insayder.

Теги :
Jamiyat