$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Inflyatsiyaga qarshi kurashish yakunlandi, ammo narx bosimi saqlanib qolmoqda

Inflyatsiya

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan “Budjetnoma”ni taqdim etdi. Maskur budjetnomada global inflyatsiya masalasi va uning prognozlari ham keltirib o‘tildi.

4,3 foiz darajasigacha pasayish

XVJ 2024-yil oktabr oyidagi hisobotida, dunyoda inflatsiyaga qarshi kurash yakunlanayotgani, biroq baʼzi mamlakatlarda narx bosimi saqlanib qolayotganligi taʼkidlangan. 2022-yilning uchinchi choragida global inflatsiya 9,4 foiz choʻqqisiga chiqqanidan soʻng, darajasi pasayib, joriy yilda 5,8 foizgacha, 2025-yilda esa 4,3 foiz darajasigacha pasayishi kutilmoqda.

Xususan, rivojlangan mamlakatlarda sekinlashish sezilarli boʻlib, 2024-yilda 2,6 foiz va 2025-yilda 2 foizgacha pasayishi kutilayotgan boʻlsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda mos ravishda 7,9 foizdan 5,9 foizgacha pasayishi kutilmoqda. 

Global inflatsiya darajasi pasayishi nimalarga bog‘liq?

XVJ ekspertlarning fikriga koʻra, hozirda kuzatilayotgan global inflatsiya dinamikasi pasayishida asosan global shoklarning yumshashi, ishchi kuchi bilan taʼminlashning yaxshilanishi, inflyatsion kutilmalarning barqarorlashuvi hamda dunyo boʻylab Markaziy banklarda qatʼiy monetar siyosat olib borilishi sabab boʻlgan.

Kelgusi istiqbolda ham rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining monetary siyosatni yumshatish yoʻnalishidagi ishlarining davom etishi kutilmoqda, bu esa iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Biroq, xizmatlardaga inflatsiya darajasi esa hanuz yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Global iqtisodiy oʻsish 3,2 foiz bo‘lishi mumkin

Global inflatsiyaning kelgusida pasayib borishi oʻz navbatida fiskal siyosatda – qarz dinamikasini barqarorlashtirish, moliyaviy zaxiralarni tiklash va tarkibiy islohotlarda – samaradorlikni oshirish kabi qator nomonetar omillarning barqarorlashuviga bogʻliq boʻladi.

Jahon iqtisodiyotini oʻsishi, global qatʼiy monetar siyosatga qaramay, retsessiya holatiga tushmay barqaror boʻlib qoldi hamda 2024 - 2025-yillarda global iqtisodiy oʻsish 3,2 foizni tashkil etishi eʼlon qilindi. Bunda, rivojlangan mamlakatlarda mos ravishda – 1,8 foizni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa – 4,2 foizni tashkil etishi taʼkidlandi. 

Prognozda O‘zbekiston dinamikasi

2024-yil yakuni boʻyicha, mamlakat iqtisodiy oʻsish kutilmalari oshishi Xalqaro moliya institutlari tomonidan ham eʼtirof etilib, xususan, XVJ tomonidan 5,6 foiz va JB tomonidan 6 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bunda, O‘zbekiston uchun iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichini aprel oyidagi prognozlariga nisbatan 0,4 foiz bandga oshirgan.

Xalqaro moliya institutlarining 2024-2025-yillarda jahondagi iqtisodiy oʻsish yuzasidan prognozlari
Теги :
Jamiyat