$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Akademik litseylarga kirish imtihonlari oʻtkazilish sanasi ma'lum bo'ldi

Imtihon

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarining oʻtkazilish vaqti:

 25-iyul kuni soat 15:00 da;

26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:

1-smena soat 9:00 da;

2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Ruxsatnomani qayerdan yuklab olish mumkin?

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Kechikmaslik so'raladi

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Joriy o'quv yilida akademik litseylarga ro'yxatdan o'tganlar soni

Vazirlikka ko'ra, 2024-2025 o'quv yili uchun akademik litseylarga jami 44 462 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 52 foizi o‘g‘il, 48 foizi qiz bolalar.

Ma’lumot uchun bu yil litseylarga jami 15 430 nafar qabul kvotasi belgilangan.

Теги :
Jamiyat