Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqilmagan

Bilimni baholash agentligi testda kodeks va qonunlardan savol tushayotganiga munosabat bildirdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqilmagan

Bilimni baholash agentligi OTMga kirish uchun huquqshunoslik fanlaridan test topshirgan abituriyentlarga kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqilmagan

Bilimni baholash agentligi testda kodeks va qonunlardan savol tushayotganiga munosabat bildirdi.

Bilimni baholash agentligi OTMga kirish uchun huquqshunoslik fanlaridan test topshirgan abituriyentlarga kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

DTM yana eski davrga qaytyaptimi?

Bloger va huquqshunos Xushnud Xuyodberdiyev testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo‘lmagan maʼlumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilgani haqida yozdi. https://t.me/xushnudbek/24582

Testlar oʻquv dasturlari asosida shakllantirilgan

Agentlikning qayd etishicha, prezident qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda huquqshunoslik fanlaridan ham test topshiriqlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan foydalaniladigan test varianti tafsiloti Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilingan.

Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati ham agentlik saytida joylashtirilgan bo‘lib, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda shakllantirilishi, qonun hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritilganda qonunning asl manbayi (lex.uz(http://lex.uz))ga murojaat qilinishi bo‘yicha ham ma’lumotlar e’lon qilingan.

Testda davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish haqida soʻralgan

2024/2025-o‘quv yili qabuli test sinovlarida foydalanilgan va abituriyentlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan test topshirig‘ida davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish yoki ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘ralgan. Shu kabi test topshiriqlarini shakllantirishdan maqsad aynan huquqshunoslik yo‘nalishini tanlash istagida bo‘lgan abituriyentlarning shu sohada umumiy o‘rta ta’lim maktabida va akademik litseylarda olgan bilimlarini sinash, qolaversa, bu bilimlarni kundalik hayotda duch keladigan misollar orqali qay darajada tatbiq qila olishlarini aniqlashdan iborat.

"Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha shakllantiriladigan test topshiriqlari butun hujjat asosida emas, balki o‘quv dasturida keltirilgan qismidan tuziladi. Shunga ko‘ra huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda ham amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmagan", — deyiladi munosabatda.