$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplolmaganlarga qanday imkoniyat beriladi?

imtihon

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, bugundan OTMlarda oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlandi.

Arizalar 5-avgustga qadar qabul qilinadi

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi: 

transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;  

my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.  

Oʻzbekistondagi OTMlar oʻrtasida oʻqishni koʻchirish

Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:    

Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;  

Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.  

Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga oʻtish uchun imtihon topshiradi.    

Ushbu imtihonda talabalar tegishli jadvalda koʻrsatilgan ballarni toʻplay olsa, oʻqishini koʻchira oladi.  

Imtihondan oʻtolmaganlar uchun imkoniyat

Oʻtish balini toʻplolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.    

@mandat_javobbot orqali oʻqishni koʻchirish boʻyicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, oʻtish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishish mumkin.    

Abiturientlarga oʻqishga kirish boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻqishni koʻchirishda amal qilmaydi.

Eng yuqori ball huquq sohasi

Eslatib oʻtamiz, oʻqishni koʻchirish boʻyicha eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilangan — 140 ball.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi kerak bo‘ladi.


Теги :
Jamiyat