Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +8° kechasi +8°

Kimlar o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi?

Rasmiy manbalar bu yilgi imtihonlar haqidagi bir necha ma’lumotlarni bo‘lishdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Kimlar o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi?

Rasmiy manbalar bu yilgi imtihonlar haqidagi bir necha ma’lumotlarni bo‘lishdi.

Umumiy ma’lumotlar

2024-2025-yilgi o‘quv mavsumi uchun imtihonlar 14-iyul sanasida boshlanib, ikki smena: 08:00 va 15:00 da o‘tkaziladi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi. Test topshiruvchilar test boshlanishidan bir yarim soat oldin belgilangan hududga kelishlari kerak. Test uchun ruxsatnoma my.uzbmb.uz saytidan olinadi hamda test manziliga ushbu ruxsatnoma va pasport olib kelinishi shart.

Kimlar imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi?

Quyidagi toifidagilar imtihonsiz grant asosidan o‘qishga qabul qilinadi:

- Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;

- Harbiy xizmatchilarning farzandlari;

- Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;

- Bojxona organlari xodimlari farzandlari;

- Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari;

- Zulfiya mukofoti laureatlari;

- “Nihol” mukofoti sohiblari;

- “Mard o‘g‘lon” mukofoti sohiblari;

- Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;

- “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;

- “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zolari;

- Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

- Prezident maktab bitiruvchilari.

Quyidagi talabalar imtihonsiz kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi:

- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammadal-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktabi bitiruvchilari;

- “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;

- Profilaktika inspektorlari.