$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi

t 5 22

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qancha o’quv qo’llanma, darslik va majmualar ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga joriy qilib kelmoqda. 

Xususan, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmua va darsliklar yaratildi.

📚 O‘quv-metodik materiallar bilan ushbu havolalar orqali tanishish mumkin. 

1. Imo-ishora nutqi segmentatsiyasi

2. Daktilologiya va imo-ishora nutqi

3. Inklyuziv ta’lim nazariya va metodika

4. O‘quv-metodik majmua

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)